Huquqlari
- SO arizachining talabiga muvofiq, quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi lozim:
- Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxati yoki bu ro‘yxatdan ko‘chirma;
- SO ning akkreditatsiya doirasi bo‘yicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;
- sertifikatlashtirish xizmatlari bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash preyskuranti (tariflari);
- “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasi.
- Mahsulotni O‘z SMTda sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun arizachi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan shaklda arizani tegishli SO ga yuboradi.
- Arizachi mahsulotni sertifikatlashtirish organi va sertifikatlash qoidalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan taqdirda, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha Milliy idora (keyinchalik matn bo‘ylab — SMI) dan yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
- Arizada keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bir nechta SO mavjud bo‘lsa, arizachi o‘zining xohishiga ko‘ra ularning bittasiga murojaat qilishi mumkin.
Majburyatlari
- Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari to‘lov oldindan amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi.
- Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
- Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar bundan mustasno.
MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA