Mahfiylik
Buyurtmachi haqidagi shaxsiy ma'lumotlar mahfiy ma'lumotlardir. Shuningdek havfsizlik nuqtai nazaridan ularni saqlab qolish uchun, buyurtmachining iltimosiga binoan sertifikatlashtirish organi muayyan ma'lumotlarga cheklovlar qo'yadi.
Buyurtmachi to'g'risida shaxsan o'zi emas, balki boshqa manbalardan (masalan, da'vogar, nazorat qiluvchi organdan) olingan ma'lumotlar ham mahfiy hisoblanadi.
SO “Buyurtmachi” ning roziligisiz, ish jarayonida olingan mahfiy ma'lumotlarni tarqatmaslik, sertifikatlashtirish va sinov qoidalariga rioya qilishni o'z zimmasiga oladi. Mahfiy deb tasniflangan ma'lumotlarning ro'yhati “Buyurtmachi” tomonidan yozma ravishda taqdim etiladi.
Bunday ro'yhat bo'lmagan taqdirda, olingan barcha ma'lumotlar mahfiy emas deb hisoblanadi va SO olingan ma'lumotlarni maxfiyligi uchun javobgar emas.
Agar qonunga binoan maxfiy ma'lumotlarni uchinchi shaxsga berish zarur bo'lsa, bu haqda “Buyurtmachiga” habar beriladi. Ushbu shartlar sertifikatlashtirish ishlari bo'yicha shartnomalarda o'z aksini topgan (Shartnoma shakli 11-ilovada).
SO mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash sohasidagi faoliyati davomida olingan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlaydi, faqat mahsulot odamlarning hayoti va sog'lig'i, ularning mol-mulki va atrof-muhit uchun havf tug'diradigan holatlar bundan mustasno.
Sertifikatlashtirish organining xodimlariga kasbiy vazifalarini bajarish jarayonida ma'lum bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olganlaridan keyin ishlashga ruhsat beriladi.
Ushbu majburiyatlar xodimlar bilan mehnat shartnomalari qo'shimchasida aks ettirilgan (4-ilova).
Ommaviy ma'lumotlar
Sertifikat berilishini, amal qilishini to'xtatib turishni va uning amal qilish muddatini tiklashni, uni qo'llash sohasini kengaytirish yoki qisqartirishni va sertifikatlarni bekor qilishni (olib qo'yishni) tavsiflovchi audit tartib-qoidalari va sertifikatlash jarayonlari to'g'risidagi ma'lumotlar ommaviy va yozma so'rov bo'yicha, shu jumladan elektron shaklda taqdim etiladi.
Ahborotning yetarliligi va aniqligi uning shartnoma boshlanishidan oldin SO rahbari bilan kelishilgan holda ta'minlanadi.
SO berilgan, to'xtatilgan yoki bekor qilingan sertifikatlarning jamlama reestrini yuritadi. SO sertifikat holati to'g'risida ma'lumotni manfaatdor tomonning so'roviga binoan yozma ravishda yoki "TEXNO STANDART TEST" MCHJ (elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.) elektron aloqa vositalari orqali yuboradi.
OS berilgan sertifikatlarning haqiqiyligi haqida ma'lumotni qo'llab-quvvatlaydi, audit jarayoni haqidagi ma'lumotni elektron shaklda saqlaydi va uning kuzatilishini ta'minlaydi. Sertifikat va belgidan foydalanish huquqini yo'qotganda, buyurtmachi qisqa vaqt ichida mavjud bo'lgan barcha bosma nashrlardan, shu jumladan reklama materiallari va axborot vositalaridan belgilarni olib tashlashi, shuningdek, belgilaridan foydalanishni to'xtatishi shart.
SO quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan stendlardan iborat:
- qurilish mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari;
- sertifikatlashtirish tartibidan o'tish sxemasi;
- ariza, e'lonni to'ldirish namunalari;
- ishonch telefoni;
- murojaat etuvchilar / Buyurtmachilar huquqlari va majburiyatlari;
- shikoyatlar va takliflar kitobi;